Panin Anatoliy Nikolayevich

Panin Anatoliy Nikolayevich (1949.12.3, Rossiya Federatsiyasi Tula viloyati Uzlovskiy tumani) — kon ekskavatori mashinisti, O’zbekiston qahramoni (1995). Mehnat faoliyatini 1967 yilda tula viloyati Novomoskovsk shahridagi qurilish boshqarmasida ekskavator mashinisti bo’lib ishlashdan boshlagan. 1970 yildan Navoiy viloyati Uchquduq shahridagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli oltin rudalari ochiq usulda qazib olinadigan konlarda ekskavator mashinisti yordamchisi, ekskavator mashinisti, 1983 yildan shu boshqarmaga qarashli ochiq usuldagi “Sharq” konida ekskavator mashinistlari brigadiri. Panin oltin rudalarini ochiq usulda qazib olishda samarali va ilg’or tajribalardan unumli foydalanib, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishdi.