Pangenezis

Pangenezis (Pan… va … genez) -naslda oldingi avlodlar belgilarining paydo bo’lishi to’g’risidagi Ch. Darvin (1868) nazariyasi. Pangenezisga binoan, organizmning hamma hujayralari o’zidan juda mayda zarrachalar — gemmulalar ajratib chiqaradi. Gemmulalar jinsiy organlarda to’planib, jinsiy hujayralarni hosil qiladi. Ular orqali belgilar (jumladan, yangidan hosil qilingan) irsiylanadi. Pangenezis nazariyasi qad. Natur faylasuflar (Demokrit, Gippokrat) tasavvurlariga o’xshab ketadi. Pangenezis orqali darvin jinsiy va jinssiz ko’payish hamda regenerasiyani tushuntirishga harakat qildi. F. Galton (1871) va boshqa olimlar Pangenezis nazariyasini tajribada tekshirib ko’rib, inkor qilishdi. Golland olimi X. De Frizning (1889) hujayra ichi Pangenezisi nazariyasiga binoan, organizm xususiyatlarini belgilovchi “pangenlar” hujayra yadrosida bo’ladi; faqat hujayra tuzilishini belgilovchi genlargina tsitoplazmaga chiqadi.