Hoji Garay
Hoji Garay, Davlat Hoji Garay (? — 1466, Boqchasaroy) — Krim xonligi va garaylar sulolasi asoschisi. Dastlab Oltin O’rdaga tobe bo’lgan Qrim xonligini boshqargan (1428 yildan). O’zaro urushlar natijasida taxtdan ayrilgan. So’ngra Qrimga qaytib (1432), genuyaliklarning qo’shinini tor-mor qilgan va taxtni qayta egallagan (1434). Biroq Qozon xonligi asoschisi ulug’Muhammad qo’shini tomonidan mag’lubiyatga uchrab, Litvaga qochgan va Knyaz sigiz-mund Keystutovichdan lidu shahrini mulk sifatida olgan (1435). Keyinchalik Hoji Garay Buyuk Litva knyazi Kazimir IV yordamida Qrim xoni deb e’lon qilingan (1443). U Usmonli turk sultonlari bilan harbiy ittifoq tuzib (1454), genuyaliklarga qarshi muvaffaqiyatli urush harakatlarini olib borgan. 1461 yilda Ahmad bilan birgalikda Said Ahmadga qarshi kurashgan. 1465 yilda Oltin O’rda qo’shiniga hujum qilib, ularning Moskvaga qilmoqchi bo’lgan harbiy yurishiga xalaqit bergan. Hoji Garay vafotidan so’ng uning to’ng’ich farzandlari nur Davlat va Haydar bilan kichik o’g’li Mengli Garay o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlangan va bu kurashda Mengli Garay g’olib chiqqan. Ll.Tunmann , Krmmskoe xanstvo (Perevod s nemeskogo), Simferopol, 1991; Grekov B.D., Yakubovskiy A.Yu., Oltin O’rda va uning qulashi, T., 1964.