Hofiz tanish Buxoriy ibn Mir Muhammad Buxoriy
Hofiz tanish Buxoriy ibn Mir Muhammad Buxoriy, Mavlono Naxliy (taxminan 1540 — Buxoro — 1589) — tarixchi olim va shoir. Otasi Mir Muhammad Buxoriy Ubaydullaxonning eng yaqin kishilaridan sanalgan. Hofiz tanish Buxoriy Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Kulbobo Ko’kaldoshning tavsiyasi bilan Hofiz tanish Buxoriy Abdullaxon II saroyiga xizmatga qabul qilingan va xonning shaxsiy voqeanavisi (tarixchisi) qilib tayinlangan (1570 yildan). U umrining 1 oxirigacha shu lavozimda xizmat 1 qilgan. Hofiz tanish Buxoriy o’z davrining yetuk shoiri 1 bo’lib, u “Mavlono Naxliy” taxallusi bilan she’rlar yozgan. 1560 yilda Iskandarxon taxtga o’tirganida unga qasida bag’ishlagan. Uning she’rlari ko’plab tazkiralar va bayozlarda uchraydi. Hofiz tanish Buxoriy o’zining shoh kitobi — “Abdullanoma” (“Sharafnomai shohiy”) I asari bilan tanilgan. Asar Shayboniylardan Abdullaxon II ga bag’ishlangan bo’lib, 1584-88 yillarda Buxoroda fors tilida yozilgan. Muallifning rejasiga ko’ra, asar muqaddima, 2 qism (maqola) va xotimadan iborat bo’lishi mo’ljallangan. Biroq asarni yozish jarayonida reja o’zgargan. 1-va 2-maqolalar qo’shib yozilgan, xotima esa muallifning vafoti tufayli yozilmay qolgan. Mutribiyning guvohlik berishicha, “Abdullanoma” asarining oxirgi qismini Abdullaxon II ning topshirig’i bilan qozi Poyanda Zominiy (1602 yil vafot etgan) yozgan. “Abdullanoma” asari sharqshunos olim Sodiq Mirzayev tomonidan o’zbek tiliga to’liq tarjima qilingan. Bu asar B.Ahmedov so’z boshisi va izohlari bilan birgalikda 2 marta nashr etilgan. Asarning rus tilidagi tarjimasi M. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilib, uning faqat I—II qismlari faksimilesi bilan chiqarilgan. Asarning qo’lyozma nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanadi (inv. №2207, 3781). Sankt-Peterburgda asarning uchta qo’lyozmasi mavjud. As: Abdullanoma, 1-j., T., 1966; 2-j., T, 1969; Abdullanoma (tuliq nashri), 1-kitob, T., 1999; 2-kitob, T., 2000; Sharafnomayi Shaxi, chast 1, M., 1983; chast 2, M., 1989. Ad.: Ahmedov B., Munirov Q., Hofiz Tanish Buxoriy, T, 1963; Hasanov H., Sayeh olimlar, T., 1981;Ahmedov B., O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari, T, 2003. Qahramon Rajabov.