Hasanov Mo’yidin Yunusovich
Hasanov Mo’yidin Yunusovich (1917.9.10 — Farg’ona viloyati, Quva tumani — 1947.4.10) — 2-jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1939 yildan armiyada. 1941 yil iyuldan frontda. 195-Novorossiysk tog’-minomyot polka 4-batareyasi (shimoliy Kavkazfronti 18-armiyaning 318-tog’-o’qchi diviziyasi) minomyotchisi. 1943 yil 1 noyabrda Kerch shahri yonidagi Eltigen shaharchasi (hozirgi Geroevskoye)ni ozod qilishda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1943 yil 17 noyabr). Farg’ona va Quva shaharlari ko’chalariga va Quva tumanidagi maktabga nomi berilgan hamda Toshhovuz qishlog’idagi maktab oldida byusti o’rnatilgan.