Meros
Meros — marhumdan vorislarga qolgan mulk. Meros marhumning mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar, akliy faoliyat (kashfiyot, ixtirochilik, mualliflik) natijalariga bo’lgan alohida hukuqlar, shuningdek, bu huquqlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham o’z ichiga olishi mumkin. “Meros” tushunchasi ajdodlardan avlodlarga qolib kelayotgan o’tmish qoldig’i, ilmiy, adabiy, madaniy boylikni ham bildiradi.