Melanoz
Melanoz (Yunoncha melano — qorayaman) — a’zo va to’qimalarda (teri, ko’z to’r pardasi va boshqalar) melaninlar guruhiga mansub jigarrang yoki qora pigmentlarning jadal hosil bo’lishi va ortiqcha yig’ilishi. Tug’ma va turmushda orttirilgan Melanoz farq qilinadi. Tug’ma Melanoz sepkil yoki pigmentli tug’ma dog’ ko’rinishida namoyon bo’ladi. Turmushda orttirilgan Melanoz aksari ichki sekresiya bezlari (buyrak usti bezlari, gipofiz, jinsiy bezlar) faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadi.