Megaron

Megaron (Yunoncha megaron — katta zal) — Yunonistonda, Egey madaniyati davrida barpo etilgan bino va uy-joylar turi (miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar). Megaronning tuzilishi oddiy: old tomoni to’g’ri burchak shaklida, peshayvoni ustunli. Asosiy xona katta zal bo’lib, o’rtasida o’choq joylashgan. Shiftdan tutun chiqadigan teshik qoldirilgan. Bunday Megaronlar Troya, Tirinf, Mikeni va boshqa shaharlardan topilgan. Keyinroq (miloddan avvalgi 8-7-asrlardan boshlab) Yunonistonda Megaronlar asosida ibodatxonalar barpo etilgan.