Megreliya knyazligi
Megreliya knyazligi – G’arbiy Gruziyadagi knyazlik (16-asr o’rtasi — 1867). 16-asr o’rtalarida u Imeretiya podshohligi tarkibidan ajralib chiqqan. 1550 yildan uning Dadiani xonadonidan bo’lgan hokimlari Imereti podshohlarining hokimiyatini nomigagina tan olganlar. 17-asr boshigacha Megreliya knyazligi tarkibiga Abxaziya ham kirgan. 1857 yil Rossiya imperatorining Kavkazdagi noibi Knyaz Baryatinskiy Megreliya knyazligida vujudga kelgan ichki nizolar, dehqonlar qo’zg’oloni va boshqalardan foydalanib u yerda rus boshqaruvini joriy qilgan. Megreliya knyazligi yuridik jihatdan rasman 1867 yil barham topgan.