Mahmudov Jo’ra
Mahmudov Jo’ra (1915.16.6 – Ishtixon tumani — 1987) — 2-jahon urushi qatnashchisi, 1-Belorussiya fronti, 7-gvardiyachi otliq askarlar korpusi, 15-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasining gvardiyasi serjanti. 1945 yil 23 yanvarda Polshaning Kamish shahri yaqinida Prosna daryosini 2 joydan kechib o’tib va pulemyotdan o’t ochib, eskadronning daryodan o’tishini ta’minlaganligi uchun qahramon unvoni berilgan (1945 yil 27 fevral). Urushdan keyin o’zi tug’ilgan qishloqda yashagan. Ishtixon tuman yong’indan saqlash bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan.