Mahmud Hakim Yayfoniy

Mahmud Hakim Yayfoniy (1850-1930) — tarixchi, tabib, adib. Unga qo’qonlik tabib Boqiyxon ustozlik qilgan. Hakimiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. “Devoni Hakimiy” nomli g’azallar devoni, “tariq ul-iloj” (“davolash usuli”), “Abu Ali ibn Sino qissasi”, “Ma’dan ul-Adviya” (“doridarmonlar manbai”), “qonun ul-iloj” (“davolash qonuni”), “Mujarraboti Mahmudiy” (“Mahmud tajribalari”), “xullas uttavorix” (“tarixlar sarasi”) kabi asarlar muallifi.