“Ma’naviyat”
“Ma’naviyat” — O’zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi nashriyoti. 1996 yil 9 sentabrda tashkil etilgan. Milliy ma’naviyatni ravnaq toptirishga, xalq ma’rifatini yuksaltirishga, jahon xalqlari tafakkuri mahsulidan o’zbek xalqini bahramand etishga yordam beradigan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, darslik, o’quv qo’llanmalari, kalendar va plakatlar, tarjima asarlari nashr etadi. Nashriyot 2002 yilda 37 nomda 2 million 260 ming nusxada adabiyot nashr etdi.
O‘xshash so‘zlar
- «MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT» Markazi
- «Ma’rifat»
- «MADAD» SUG’URTA AGENTLIGI
- «Mahabharata»
- «Mahbub ul-qulub»
- «Majolis un-nafois»
- «Malikai Husnobod»
- «Manas»











