Matnazar Jabbor o’g’li

Matnazar Jabbor o’g’li (1906- 1977, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — o’zbek xalq baxshisi. Qoraqalpoq Jirovi Qurbonboy Tojiboy o’g’lining shogirdi. Shuning uchun ham uning repertuarida Xorazmda tarqalmagan “Alpomish”, “Qurbonbek”, “Shirin bilan shakar” kabi dostonlar mavjud. U mazkur dostonlarni Xorazm dostonchilik an’analariga moslashtirgan. Xalq dostonlarini qo’bizda ijro etgan. Undan yozib olingan “Qorako’z oyim” dostoni nashr etilgan (1967).