Oksixinolin

Oksixinolin (oksin, 8-gidrok-sixinolin) — rangsiz, o’ziga xos hidli kristall modda. Molekulyar modda 145,15, suyuqlanish temperaturasi 75-76°, qaynash temperaturasi 266,6°. Spirt, atseton, xloroform, benzol, kislota va ishqorlarda eriydi, suvda va efirda erimaydi. 40 dan ortiq kimyoviy elementlarni (masalan, mis, rux, magniy va boshqalar) ajratish va aniqlashda, alyuminiy, rux, vanadiy va hokazo elementlarni kolorimetrik aniklashda qo’llanadi. Ba’zi hosilalari fungisidlar va antiseptiklar sifatida ishlatiladi.