Ozonosfera

Ozonosfera — yer sirtidan 10— 50 kilometr balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami. Ozon 20-25 kilometr balandlikdagi Ozonosferada eng ko’p to’planadi. Ozonosferada ozonning hosil bo’lishi va uning balandlik bo’yicha tarqalishini fotokimyoviy nazariya tadqiq qiladi. Ozon Quyosh radiasiyasini kuchli yutadi, shuning uchun Quyosh radiatsiyasining biologik jihatdan ancha faol qismi yer sirtiga yetib kelmaydi. Radiasiyani yutishi natijasida Ozonosfera qatlamida temperatura ancha ko’tariladi. Ozonosferadagi ozonni tekshirish uchun har xil balandlikda olingan xavo namunasi taxlil qilinadi,: yer sirtidagi yoki zond va raketalar yordamida atmosferaga olib chiqilgan optik asboblar (spektrofotometr va boshqalar)dan foydalaniladi. Ozonosfera ma’lumotlari Quyosh radiatsiyasining yer atmosferasida yutilish tabiatni o’rganishda juda muhim.