Ko’chirma gap
Ko’chirma gap — og’zaki va yozma nutqda leksik va grammatik xususiyatlari o’zgartirilmay, Ayvan o’zicha berilgan o’zganing gapi. Ko’chirma gapda o’zga gapining asosiy mazmuni aks etadi, muallif gapida esa Ko’chirma gap kimga tegishli ekanligi, unga xos xususiyat, qanday maqsad va tarzda aytilgani va boshqalar qo’shimcha tavsifiy ma’lumotlar beriladi. Ko’chirma gap muallif gapidan avval (“kuch haqiqatda”, — dedi Sohibqiron), uning o’rtasida (sunbo’la sapchib o’rnidan turdi-da: “Hayriyat, tushim ekan”, — dedi hansirab) yoki undan keyin (Otam gapni shartta kesdilar: “Bugo’ngi ishni ertaga qo’yma”) keladi. Ko’chirma gap muallif gapidan tinish belgilari yordamida ajratiladi. Ko’chirma gap badiiy asarda nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi- ni oshiradi, asar qahramoni xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. O’zganing gapi har doim Ayvan, ko’chirma gap tarzida berilavermaydi.