Ko’chma elektr stantsiya
Ko’chma elektr stantsiya – agregat va jihozlari transport vositalari (avtomobillar, Vezdexod va boshqalar) ga o’rnatiladigan issiqlik yoki atom elektr stantsiyasi. Ko’chma elektr stantsiyada birlamchi dvigatel, generator, boshqarish pulti, kabellar, avtomatika, signalizatsiya qurilmalari va boshqa jihozlar bo’ladi. Issiqlik Ko’chma elektr stantsiyada harakatlantiruvchi dvigatel sifatida dizel yoki gaz turbinasidan foydalaniladi. Atom Ko’chma elektr stantsiyada esa bug’ turbivasi birlamchi harakatlantirgich bo’lib xizmat qiladi. Ko’chma elektr stantsiyaning quvvati o’nlab kVt dan bir necha o’nlab MVt gacha bo’ladi. Suzib yuruvchi elektr stantsiyalar ham Ko’chma elektr stantsiyaga kiradi. Ko’chma elektr stantsiyadan, ko’proq, elektr liniyalari etmagan rayonlarni elektr bilan ta’minlashda, ekspeditsiya, qishloq xo’jaligi, va SOS stantsiyalari, tegirmon va qurilishda foydalaniladi.