Kattaich g’ori
Kattaich g’ori – Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy yon bag’rida (Jizzax viloyati, Forish tumani), 850 metr balandlikda joylashgan. Toshko’mir davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning kirish qismi tuxumsimon shaklda (eni 1 metr, balandligi 0,7 metr). Ichkaridagi katta xonaga 7 metr uzunlikdagi yo’lak orqali kiriladi. Xonadan har tomonga yo’laklar ketgan, ular oxirida torayib tugaydi. Xona sahnida g’or gillari, devor va shiplarda boksit rudasi belgilari mavjud. G’orning umumiy uzunligi 35 metr, maydoni 150 m2, hajmi 335 m2 dan ziyod.