Kaspiy harbiy flotiliyasi
Kaspiy harbiy flotiliyasi— Kaspiy dengizidagi harbiy qo’shilma. 1722 yilda Astraxonda tuzilgan. 1867 yildan asosiy bazasi Bokuga ko’chirilgan. 1918-19 yillarda Astraxon- Kaspiy harbiy flotiliyasi, 1919-20 yillarda Volga- Kaspiy harbiy flotiliyasi deb yuritilgan. 1920 yil iyulda uning negizida Kaspiy dengiz kuchlari tashkil etilgan, 1931 yildan yana Kaspiy harbiy flotiliyasi nomi berilgan. Kaspiy harbiy flotiliyasi 2-jahon urushi davridagi Stalingrad jangi va Kavkaz uchun olib borilgan janglarda Kaspiy dengizi orqali aloqani ta’minlashda va muhim yuklarni tashishda xizmat ko’rsatgan.
O‘xshash so‘zlar
- Kaspiylar
- Kaspiy dengizi
- KASPAROV GARRI KIMOVICH
- Kaspiybo’yi pasttekisligi
- KASR-CHIZIQLI FUNKTSIYA
- Kassasiya
- KASSEL
- KASSETA











