Katta masjid
Katta masjid (jome masjid) — Jazoirdagi me’moriy yodgorlik (1096). Tarhi 45,5×33 metr, asosiy o’qi qiblaga qaragan 11 nefli. Hovlisi kichikroq bo’lib, devorlari Marokash (Mag’rib)dagi Qutubiya masjidini eslatadi. Masjid xonasidagi taqasimon qator ravoqlar ikki qatorli ustunlarga tayangan. Mehrob ravog’ining bezagi kungurali. Minorasi (shimoliy-sharqiy burchagida) 1322 yilda to’rtburchak shaklda qayta qurilgan. Katta masjid yorqin va soda ko’rinishi bilan ajralib turadi. Unda yog’och o’ymakorligining 11-asrga oid noyob namunasi saqlangan.