Karnozin

Karnozin (lotincha sago — go’sht, carnis — go’shtli), (5-alanilgistidin — rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 226,3; suyuqlanish temperaturasi 260° (ajralish bilan). Suvda yaxshi eriydi, etanol va efirda erimaydi. Karnozin va uning hosilasi anserine ko’pchilik umurtqali hayvonlar va odam skelet muskullarining doimiy tarkibiy qismidir, yurak muskuli, jigar va qonda ham ozgina bor. Karnozinning biologik roli to’liq o’rganilmagan. Nafas olishda va glikolizda energiyaga boy fosforli birikmalar (adenozin-trifosfat kislota bilan kreatinfosfat kislota)ning hosil bo’lish reaktsiyasini kuchaytiradi. N-ftalilralanin xlorangidridiga gistidin ta’sir ettirish usuli bilan olinadi. Hayvonlarda katarakta kasalligi va jarrohlik usulida hosil bo’lgan yaralarni davolashda qo’llaniladi.