Kaprichchio, kapris
Kaprichchio, kapris (italyancha capriccio — injiqlik) — erkin shakldagi, ohanglari to’satdan o’zgaradigan virtuoz uslubidagi cholg’u musiqa asari (N. Paganinining yakka skripka uchun “24 Kaprichchio”va boshqalar). 16-asr oxiri — 17-asr boshida polifonik musiqa asari sifatida paydo bo’lgan. Ko’p Kaprichchiolar xalq kuylariga asoslanadi (masalan, N. Rimskiy-Korsakovning “Ispancha Kaprichchio”si, P. Chaykovskiyning “Italyancha Kaprichchio”si, Kaprichchio Sen-Sansning “Arabcha Kaprichchiosi” va boshqalar). O’zbekiston kompozitorlaridan M. Bafoyev “Xorazmcha Kaprichchio”, T. Qurbonov “M. Ashrafiy xotirasiga Kaprichchio”, A. Ergashev “Sharqona Kaprichchio”yaratgan.