Otaxonov Ochilxon
Otaxonov Ochilxon (1926.7.4, Andijon viloyati Naynavo qishlog’i) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1992). Ovozi mayin va silliq bo’lib, talqinlari o’ta nozikligi bilan ajralib turadi. Xonandalikni tog’alari Eshonboboxon, Ko’kxon va Afandixon hofizlardan o’rgangan. 1959 yildan Yangiyo’l teatrida ishlagan. Mumtoz ashulalar (“Nasrulloyi”, “Talqinchai Ushshoq”, “Yolg’iz”, “Ehtiyoj”, “Samarqand ushshog’i” va boshqalar) aytish bilan birga aktyor sifatida Ilhom (“yurak sirlari”), Tursunali (“Oltin ko’l”), askar (“Arshin mol olon”), Haydar (“Nurxon”) kabi rollarni ham ijro etgan. 1978-86 yillar Yunus Rajabiy nomidagi “maqom” ansamblisa ishladi. Uning repertuaridan Shashmaqom sho”balari, Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari (“Mo’g’ulchai Ushshoq”, “Bayot III”, “Bayot uforisi” va boshqalar), o’zbek mumtoz ashulalari (“fig’on”, “Sharob” kabi), zamonaviy bastakorlar asarlari (“bir kulib qo’y”, “kutarman”, “Vafo”), katta ashulalar (“bir kelsun”, “Do’stlar”, “ko’p erdi”, “adashganman”, “Ey, dilbari jononim”) o’rin olgan.