Otbosar chigirtka

Otbosar chigirtka (Dociostaurus kraussi) — haqiqiy chigirtkalar oilasiga mansub yakka yashovchi hasharot. Marokash chigirtkasita juda o’xshash, ammo unga nisbatan kichikroq. Erkagi tanasining uzunligi 15-20 millimetr, urg’ochisiniki 20— 30 millimetr. Kulrang dog’lari bor. Urg’ochisining orqa boldirlari qizil, erkaginiki sariq. G’o’za, don ekinlari, boshoqli o’simliklarga zarar keltiradi. Tuxum qo’yish uchun tuprokdan yasagan ko’zachasining uzunligi 19-30 millimetr, qalinligi 5-6 millimetr. O’simliklari siyrak joylarga yoki partov yerlarga mavsumda 2-5 marta tuxum qo’yadi. Tuxumdan lichinkalar, odatda, mart oyining oxiri — aprelning boshlarida chiqadi. 20-25 kundan so’ng qanotlari rivojlana boshlaydi va 10— 15 kunda shakllanib bo’ladi. Kurash choralari: partov va bo’z yerlarni o’zlashtirish; insektisidlar qo’llash.