Osiy

Osiy (Arabcha — isyon qiluvchi, itoatsiz, gunohkor) — diniy aqidaga ko’ra, Allohning buyruqlari, payg’ambarning sunnat va ko’rsatmalariga rioya qilmaydigan, buyurilgan vazifalarni bajarish o’rniga ularni butunlay yoki qisman inkor etadigan, shar’an taqiklangan ishlarni qiladigan shaxe. Osiy bandalarning taqtsiri Allohga havola etiladi. Ahl as-sunna val-jamoa aqidasiga ko’ra, Osiy banda agar kufr yoki shirkka ketmagan bo’lsa, har qancha katta-kichik gunohlariga qaramay musulmon-mo’min sanaladi, ya’ni kofir bo’lib qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi. Boshqa ba’zi diniy oqimlarga ko’ra, Osiy banda kufrga mahkumdir. Osiyning qilgan ba’zi gunohlari uchun bu dunyoda shar’iy jazo belgilangan. Misol uchun, islom mamlakatlarida, araq ichganga darra uriladi. Osiyning qilgan har bir gunohi uchun u dunyoda alohida jazolar belgilangan. Osiy o’z gunohlariga chin dildan tavba qilib, ularni qayta takrorlamasa, kechirilishi ta’kidlangan.