“Normandiya-Neman”
“Normandiya-Neman” – ikkinchi jahon urushi davrida Frantsiyani fashistlar okkupatsiyasidan xalos qilish harakati — “kurashayotgan Frantsiya” qiruvchi aviatsiyasi polkining nomi. 1943-45 yillarda sovet-german frontida harakat qilgan. Polk uchuvchilari nemislarning 280 ga yaqin samolyotini yo’q qilib, 80 tasini shikastlaganlar. 1944 noyabrda Litvani ozod qilishdagi janglarda va Neman daryosini kechib o’tishda o’rnak ko’rsatganliklari uchun polkka “Neman” faxriy nomi berilgan.