Nodirshoh Muhammad
Nodirshoh Muhammad (1883.9.4 — 1933.8.9) — Afg’oniston podshosi (1929-33); 1973 yilgacha Afg’onistonda hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Afg’onistonning mustaqillik urushida (1919) muhim rol o’ynagan. 1919-24 yillarda harbiy vazir, 1924-26 yillarda Parijda elchi; 1926 yil iste’foga chiqib Frantsiyada yashagan. 1929 yil vataniga qaytib Bachai Saqoga qarshi kurashga boshchilik qilgan. 1929 yil oktabrda Afg’oniston podshosi (qiroli) deb e’lon qilingan. Suiqasd natijasida o’ldirilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Nodirshoh
- Nodirshoh Afshor
- NOEVKLID GEOMETRIYALAR
- NOG’ORA BAZM
- Nog’ora va bayroq
- Nog’ora
- Nog’oraxona
- Nogironlik, invalidlik






