Nizomshohlar

Nizomshohlar – shimoliy-G’arbiy Dekandagi Axmadnagar davlatini boshqargan sultonlar sulolasi (1490— 1633). Asoschisi — Malik Ahmad Bahriy, Bahmaniylar lashkarboshisi. U o’zini mustaqil deb e’lon qilib Nizomshoh unvonini qabul qilgan. Burhon I (1509— 53) davrida Nizomshohlar nihoyatda kuchaygan, boburiylar bilan kurash olib borganlar. Akbar Nizomshohlardan berar viloyatini tortib olgan. 1633 yil so’nggi Nizomshoh Husaynshoh III (1630-33) boburiylarga asir tushgan va ular 1636 yil Ahmadnagarni o’z davlatlariga qo’shib olganlar.