Nizomiddin Shomiy

Nizomiddin Shomiy (? – taxminan 1412) — tarixchi olim. O’rta Osiyo hamda Yaqin va O’rta Sharq xalqlarining 14-asrdagi hayotiga oid ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Adabiyotlarda Shomiy nisbasi bilan mashhur bo’lsada, ba’zan Shanbi G’ozoniy nisbasi bilan qam uchraydi (Shom, Shanb yoki shanbi G’ozon — Tabriz yaqinidagi mavze). Nizomiddin Shomiyning hayoti va tarixnavislik faoliyati haqida to’liq ma’lumot yo’q. Ilmiy adabiyotda mavjud bo’lgan juda oz ma’lumot esa uning Amir Temur farmoni bilan yozilgan asari “Zafarnoma”aan olingan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari aniq manbalar va muallif o’z ko’zi bilan ko’rgan voqealar asosida yozilgan. Ad.: Nizomiddin shomiy, zafarnoma.., 1996.