Neotomizm

Neotomizm — katolitsizmdagi eng nufuzli falsafiy maktab. Foma Akvinskiyning 1879 yilda Rim papasi Lev XIII tomonidan yagona chin falsafa deb e’lon qilingan ta’limotiga asoslangan. Neotomizm tomizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichidir. Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Belgiya, Germaniya, AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan. Namoyandalari: E. Jilson, J. Mariten, M. Grabman va boshqalar. Asosiy markazi — Luven universiteti huzuridagi Oliy falsafa instituti (1888 yil D. Merse asos solgan).