Neosxolastika

Ma’nosi

Neosxolastika — o’rta asr sxolastikasini tiklashga urinuvchi katolitsizm falsafasidagi turli oqimlar majmui. 19-asr boshida paydo bo’lgan, oxiridan esa keng yoyildi, neotomizm Neosxolastikaning asosiy oqimiga aylandi. Ispaniyada (20-asr o’rtasidan Germaniyada ham) ispan ilohiyotchisi F. Suares (1548-1617) ta’limoti asosida rivojlandi. Neosxolastikaning bir qancha maktablari tomizmni eng yangi falsafiy oqimlar bilan birlashtirishga urinmoqda.

O‘xshash so‘zlar

N harfi: barcha so‘zlar