Nenes tili
Nenes tili — Rossiya Federatsiyasining shimolida yashovchi Neneslarning tili; samodi tshglariyaan biri. Kola yarim orolidan Yenisey daryosining o’ng qirg’og’igacha bo’lgan tundra zonasida va Pur daryosi havzasidagi tayga zonasida tarqalgan; 25 mingdan ortiq kishi so’zlashadi. Tegishli ravishda 2 ta: tundra va o’rmon lahjalariga bo’linadi. Nenes tili fonetik jihatdan boshqa samodi tillaridan sezilarli farq qiladi; sintaksisi esa sodda gaplarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Lug’at tarkibida ovchilik, bug’uchilik, baliqchilikka oid so’zlar anchagina. Adabiy Nenes tili tundra laqjasi asosida shakllangan. Nenes tili 1932 yildan lotin grafikasi asosidagi, 1937 yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi.