Nekrobioz

Nekrobioz (Yunoncha nekros — o’lik va biosis — hayot) — hujayra va to’qimalarda ular nobud bulishidan oldin yuz beradigan o’zgarishlar. Nekrobioz moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog’liq holda hujayrada yog’va yoki boshqa moddalarning aynishiga olib kelishi va aksincha, bo’lishi mumkin. Hujayra yadrosidagi o’zgarishlar (kariopiknoz, karioreksis, kariolizis), tsitoplazmalar yopishqoqligining buzilishi Nekrobiozning asosiy belgilaridandir. Kasallik qo’zg’atadigan omillarning uzoq vaqt ta’sir etishi va organizmdagi noxush holatlar distrofik o’zgarishlarning nekroz bilan tugallanishiga olib keladi.