Nevrinoma

Nevrinoma (nevr… va Yunoncha Ota-o’sma), shvannoma — nerv poyasi pardalaridan (Shvann pardalaridan) rivojlanadigan xavfsiz o’sma. Nevrinoma oyoq-qo’l, shuningdek, bo’yin, yuz, me’da, teri va boshqa periferik nerv tolalari bo’ylab o’sadi. Eshituv nervi Nevrinomasi ekstratserebral miya o’smasining eng ko’p uchraydigan xili, bunda qulokda shovqin, karlik, bosh aylanishi, nistagm va boshqalar kuzatiladi. Xirurgik usulda davolanadi.