Nasoro

Nasoro (Arabcha — nasroniy so’zining ko’pligi; masihiylar, xristianlar) — Qur’onda Iso payg’ambarga ergashgan dindorlarning atalishi. Rivoyatlarga ko’ra, Iso Masih Nosira nomli shaharda tug’ilgan bo’lib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kmshini esa nasroniy deb yurita boshlaganlar. Nasoro Iso Masihni ilohiylashtirgani uchun Islom dini nuqtai nazarida shirk ahlidan hisoblanadilar. Zero Islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish, hatto o’xshatish mumkin emas. Nasoro esa Iso Masihni muqaddas uchlikning biri deb unga e’tiqod qiladi. Shuning uchun ham Qur’onning ko’p oyatlarida Nasoro tilga olinadi va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi.