Nansi
Nansi — Frantsiyaning shimoliy- Sharqiy qismidagi shahar. Myort va mozel departamentining ma’muriy markazi. Myort daryosi va Marna—Reyn kanali bo’yidagi port. Aholisi 106 ming kishi (1999). Nansi — Lotaringiya sanoat rayonining iqtisodiy markazi. Transport yo’llari tuguni. Elektrotexnika, transport mashinasozligi, poyabzal, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shisha va chinnidan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Universitetlar, institutlar, konservatoriya, nafis san’at muzeyi bor. Shahar chetida temir rudasi konlari va metallurgiya zavodi mavjud. Nansi 16-asrdan ma’lum. 13-18-asrlarda Lotaringiya gersoglarining qarorgohi bo’lgan. Me’moriy yodgorliklardan sobor (1703-42), cherkov (15-asr), Gersog saroyi (16-asr) va boshqalar saqlangan.