Naxodka
Naxodka — Rossiya Federatsiyasi Primore o’lkasidagi shahar (1950 yildan). Yapon dengizining Naxodka qo’ltiqchasidagi port. Uzoq sharqning yirik transport va baliq ovlash markazlaridan biri. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Tixookeanskaya. Aholisi 160,5 ming kishi (1998). Uzoq Sharq kema mexanika, kema ta’mirlash, temir-beton buyumlari zavodlari, baliq kombinati, tunuka banka (idish) fabrikasi bor. Dengizchilik, musiqa bilim yurtlari, Primore davlat muzeyi filiali mavjud. Naxodka yaqinida Vostochniy porti joylashgan.