Ontario

Ontario — Kanadadagi provintsiya. Maydoni 1076,3 ming km2. Aholisi 12,1 million kishi (2002), 82% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi va eng katta shahri — Toronto. Ontario hududida mamlakat poytaxti — Ottava shahri joylashgan. Ontario hududining katta qismi Lavrentiy qirlarida (eng baland joyi 646 metr). Iqlimi mo’tadil iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -6°, -24°; iyulniki 12-20°. Yillik yog’in 500-750 mm. Foydali qazilmalarga boy daryolari katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Provintsiya Janubda Buyuk ko’llar joylashgan. Mamlakat o’rmon boyligining 1/4 qismi Ontarioda. Ontario — Kanadaning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan provintsiyasi, Ontario mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 1/2 qismini va kon mahsulotlarining ¼ qismini beradi. Qishloq xo’jalik shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan. Ontario hududi orqali trans-Kanada yo’llari o’tgan. San-Lavrentiy daryosi orqali Buyuk ko’llarga kema qatnaydi.