Olovbardosh qotishmalar
Olovbardosh qotishmalar -asosini nikel, temir yoki temir-nikel tashkil qiladigan materiallar. Tarkibida 30% gacha xrom bo’ladi. Olovbardosh qotishmalar yuqori temperaturali havo yoki gaz muhitida korroziya (zanglash)ga yaxshi chidaydi. Ayrim Olovbardosh qotishmalar alyuminiy yoki kremniy bilan legirlanadi. Qizdirilganda ularning sirtida zich himoya pardasi hosil bo’ladi. Legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy va boshqalar) oksidlaridan iborat bu pardalar asosiy elementlarning oksidlariga nisbatan termodinamik jihatdan turg’un bo’ladi. Pardaning himoya qilish xossasi uning zichligi va asosiy metal bilan mustaham birikishiga bog’liq. Olovbardosh qotishmalar, asosan, qizdirish elementlarining detallari va qarshiliklarning elementlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.