Oltinko’l

Oltinko’l — Andijon viloyati Oltinko’l tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon shahri) dan 16 kilometr Janubi-g’arbda joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Andijon (23 kilometr). Aholisi 6,5 ming kishi (2001), asosan, o’zbeklar, shuningdek, qirg’iz, tojik, tatar, uyg’ur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Oltinko’lda tuman hokimiyati binosi, umumiy ta’lim, tayanch maktablari, maktab-internat, musiqa va san’at maktabi, kasb-hunar kollejlari, Markaziy kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog’i, kasalxona, poliklinika, dorixona, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.