Orif Garmon Toshmatov
Orif Garmon Toshmatov (1891.4.3 —Andijon—1944.3.5) — aktyor, sozanda (garmonchi). O’zbekiston xalq artisti (1941). Dutor chalishni otasi Toshmat hofizdan, garmon chalishni amakisi Hoji Garmondan o’rgangan. 1905 yildan sayyor truppalarda qiziqchilik va sozandalik qilgan. 1918 yil Andijonda T. Jalilov boshchiligidagi “Sanoiy Nafisa” to’garagiga a’zo bo’lgan. Turkiston o’lka Sayyor siyosiy truppasi (1918-19), Andijon teatri (1920— 25), Asaka kolxoz—sovxoz teatri (1926-33)da aktyor, Andijonda musika ansambli rahbari (1933-44), Orif Garmon o’zbek professional teatriga xalq teatrining sahna va musiqa an’analarini singdirilishiga hissa qo’shgan. U garmonda “Abdurahmonbegi”, “Munojot”, “Orom”, “Andijon polkasi”, “tanavor”, “Dilxiroj” va b. o’zbek kuylarini, “Nasrulloyi”, “Baet”, “Buzruk”, “Navo” singari maqom yo’llarini nafislik bilan ijro etgan. U bir kancha kuylar muallifi.