Onega, Onego
Onega, Onego — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoliy-g’arbidagi ko’l. Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi, Leningrad va Vologda viloyatlarida. Maydoni 9,7 ming km2 (orollarsiz). O’rtacha chuqurligi 30 metr, eng chuqur joyi 127 metr, suv hajmi 292 km3. Ko’l o’rni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan va keyinchalik to’rtlamchi davr materik muzliklari ta’sirida ancha o’zgargan. Shimoliy va shimoliy- g’arbiy qirg’oqlari baland, o’ydim-chuqur, qoyali, Janubiy qirg’oqlari esa, past va yassi. Onegada 1360 dan ortiq orol bor (maydoni 250 km2). Ko’lga 58 daryo quyilib undan Svir daryosi oqib chiqadi. Suvi noyabrda muzlab, mayda eriydi. 47 baliq turi bor. Baliqchilik rivojlangan. Onega Oqdengiz— Boltiqkanali orqali Boltik va oq dengizlari, Volga—Boltiq suv yo’li orqali Volga havzasi bilan bog’langan. Kema qatnaydi. Onegadagi Kiji o.da yog’ochdan ishlangan me’morlik muzey-qo’riqxonasi bor. Onega bo’yida Petrozavodsk, Kondopoga shaharlari joylashgan.