Qiyos jirov Qayrat o’g’li
Qiyos jirov Qayrat o’g’li (1903 Qoraqalpog’iston, Chimboy tumani — 1974) — Qoraqalpog’iston xalq jirovi (1942). Sayfulla jirov va Begmurod Jirovlarning shogirdi. Yoshligidan xalq qo’shiqlarini, qo’biz kuylarini o’rgangan. “Masposhsho”, “Shahriyor”, “Sho’ra”, “Qoramon — qotil”, “Bo’zo’g’lon”, “Qizpolvon” dostonlarini keksa jirovlardan yozib olib, o’zi ham ijro etib yurgan, 40 ming misraga yaqin to’lg’ovlar yaratgan. “Alpomish” (qoraqalpoq varianti, 1957), “Masposhsho” (1958), “Bo’zo’g’lon” (1961) kabi dostonlarni yozgan va nashr ettirgan. Uning “qo’biz termalari” kitobi bosilib chiqqan (1966). Qiyos jirov Moskva, Toshkent, To’rtko’l shahrilarida o’tkazilgan xalqsan’ati olimpiadalarida (1939), Moskvada o’tkazilgan xalqaro sharqshunoslar Kongressida qatnashgan (1960).