Qutb minor
Qutb minor – Hindiston (Dehli) dagi me’moriy yodgorlik (1200— 1220); Sharq me’morligining noyob namunasi. Dehlida vafot etgan o’shlik din arbobi Hoji Qutbiddin Baxtiyor sharafiga bunyod etilgan (maqbara minoradan 600 metr Janubi-g’arbda). Minora 5 qatlamli (dastlab 4 qatlamli bo’lgan, 5 qatlami keyin qurilgan), tarhi konussimon, G’arovli; g’ranit bloklar ganchhok bilan mustahkamlab qurilgan; balandligi 72,6 metr, diametri asosida 14,74 metr, uchida 3,05 metr. Quyi 3 qatlam turli rangdagi qumtosh bilan, yuqori 2 qatlami (yashin urib vayron bo’lgan) 14-asrda oq marmardan deyarli bezaksiz qayta tiklangan. Ichkaridagi aylanma zinapoya (379 ta) orqali yuqoriga chiqiladi. minora belbog’iga muqarnas naqshlar ishlangan, sultonlar tarixi, ularga madhiya, Qur’on oyatlari yozib bezatilgan.