Qo’ng’irot soda zavodi
Qo’ng’irot soda zavodi – kimyo sanoatining yirik korxonasi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot shahri yaqinida joylashgan. “O’zkimyosanoat” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Ustyurtdan qazib olinadigan xom ashyo konlari negizida natriy karbonat (Ma,so.) – soda ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 2 martdagi qaroriga muvofiq boshlangan. 2001 yildan “O’zkimyosanoat” kompaniyasinint sho”ba korxonasi. Zavodni loyihalash va texnologik qismining qurilishi bo’yicha asosiy sherik Xitoyning “S1T1S” kompaniyasi hisoblanadi. Loyiha bo’yicha yillik quvvati 100 ming tonna (yengil va og’ir turlaridan 50%dan) soda ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Korxona 2005 yilning noyabr oyida ishga tushirildi.