Qulun

Qulun — otning bir yoshgacha bo’lgan bolasi. Yangi tug’ilgan q.ning og’irligi onasining vazniga nisbatan 8— 11% ni tashkil qiladi. Qulunlar onasini 6-7 oygacha (bir kunda 50 martagacha) emadi, 2 oyligidan onasi bilan birga yaylovga qo’yiladi. 3 oyligidan boshlab donli ozuqa berila boshlaydi. Sutdan ajratiladigan paytga kelib bir sutkada 3 kilogrammgacha donli ozuqa iste’mol qiladi. Qulunlarning sut tishlari 6-9 oyligada chiqadi. Ularga sabzi, mineral ozuqa sifatida bo’r, tuyilgan ohak berish foydali. Ozuqa ratsioniga bir kunda 15-25 gramm tuz qo’shish muhim hisoblanadi. 1 yoshdan oshgan Qulun toy deb ataladi.