“Tafakkur”
“Tafakkur” — ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli-bezakli jurnal. 1994 yildan Toshkentda nashr etiladi. Muassisi — respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi. Jurnalining asosiy vazifasi xalqimizning boy ma’naviymadaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va ulug’ mutafakkirlarimiz merosidan xalqimizni baxramand qilish, Islom dinidagi insonparvarlik g’oyalarining yosh avlod qalbidan joy olishiga ko’maklashishdan iborat. “Oliy mezonlar”, “millat va ma’naviyat”, “Tarix va taraqqiyot”, “xazina”, “Sharqu G’arb falsafasi”, “taqdirdagi tadbirlar”, “yangi asr muammolari”, “Nasr javohirlari” kabi ruknlar ostida ko’plab qiziqarli maqolalar, hikoya hamda novellalar e’lon qilinadi. “Tafakkur” o’ziga xos mahorat maktabi hamdir. Taxririyatda ozod Sharafiddinov, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdulla A’zam, Muhammad Yusuf, iste’dodli shoir va jurnalistlardan Sirojiddin Sayyid, Murtazo Qarshiboev kabi ijodkorlar mehnat qilgan. O’rtacha adadi 5-7 ming nusxa (2004). Bosh muharriri — Erkin A’zam.