Trepanatsiya

Trepanatsiya (Yunoncha trypanon — Parma, trepan) — suyak bo’shlig’ini teshib ochish operatsiyasi. Dastlab miyadagi o’sma yoki gematomalarni olib tashlash maqsadida kalla suyaklari Trepanatsiya qilingan. Hozirgi tibbiyot amaliyotida kalla suyaklari Trepanatsiyasi bilan birga osteomielita naysimon suyaklar, mastoiditda chakka suyagining so’rg’ichsimon o’simtasi Trepanatsiya qilinadi. Tish bo’shlig’ini ochish, ko’z oqi operasiyasi, shuningdek, ko’mikdan tekshirish uchun olish (trepanobiopsiya) ham Trepanatsiya deb yuritiladi.