Tyuringit
Tyuringit (Germaniyadagi Tyuringiya koni nomidan), temirli xlorit — oksidlangan xloritlar (leptoxloritlar) guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe2Q, Fe3Q)3 [Al2Si2O10](OH2) (Mg,Fe)3(OH)6. Qattiqligi 2-2,5, zichligi 3,15—3,19 g/sm3. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristall massalar holida bo’ladi. Rangi sarg’ish yashildan qoramtir yashilgacha. Cho’kindi temir konlarida yirik to’plamlar holida uchraydi: temirli kvarsitlarda metamorfizm jarayonida va magmatik jinslar temir silikatlarining gidrotermal o’zgarishidan ham g’osil bo’ladi. Yirik koni — Tyuringiya (Germaniya) da. O’zbekistonda Qurama tog’larida topilgan. Temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.