Tyudorlar
Tyudorlar (Tudor) — Angliyadagi qirollar sulolasi (1485-1603). Qizil va oq gullar urushidan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan. Yangi dvoryanlar va shahar burjuaziyasiga tayangan. Tyudorlar hukmronligi davrida absolyutizm shakllangan, ingliz cherkovi Vatikandan ajrab chiqib, mustaqil bo’lgan va qirol hokimiyatiga tobe ettirilgan (1534); 1588 yil Atlantika okeanidagi savdo yo’llari ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo’lish uchun Ispaniya bilan muvaffaqiyatli urush olib borilgan (1588 yil ispanlarni “yengilmas armada” deb atalmish flotining tor-mor etilishi); rus davlati bilan savdo aloqalari o’rnatilgan (1553). Eng mashhur vakillari: Genrix VII, Genrix VIII, Eduard VI, Mariya I Tyudor, Elizaveta 1.